Xorijiy valyuta (AQSH dollari, Yevro, Rubl, Yuan);
Kredit maqsadi
Birlamchi bozordan yengil avtomobillar sotib olish uchun;
Zarur hujjatlar
Ariza;
Biznes reja;
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (Xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
Qarz oluvchi korxona (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik
subyektlari bundan mustasno) ning davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim etgan oxirgi
hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1-
va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda olingan
hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab
etilmaydi);
Yengil avtomobil sotib olish uchun dilerlar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el
korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida yengil
avtomobilning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri ko‘rsatilishi lozim).
Bunda, kredit hisobiga import shartnomasi asosida sotib olinadigan avtotransport bahosi va sifati
asoslanganligi to‘g‘risida mustaqil konsalting tashkilotining ijobiy xulosasi va kredit hisobiga sotib
olinadigan avtotransport bo‘yicha kamida 3 ta tashkilot tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ikki oylik
holatiga tijorat takliflari;
Yengil avtomobil chet elda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yuk bojxona deklaratsiya
hujjatlari;
Import shartnomasi ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa (Bank Kredit siyosatida
belgilangan talablarga asosan);
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.
Kredit muddati
48 oygacha (boshlang'ich badal va avtomobil yoqilg'i turiga ko'ra);
Yillik foiz stavkasi
Bank o'z mablag'i va depozitlar xisobidan:
Milliy valyutada:
12 oygacha: 25,5%;
24 oygacha: 26,5%;
Xorijiy valyutada:
12 oygacha: 14%;
24 oygacha: 15%;
Kredit liniyalari xisobidan:
Milliy valyutada: Resurs xarajati + 6%;
Xorijiy valyutada: Resurs xarajati + 5%;
Kredit ajratish shakli
Mahsulot yetkazib beruvchi (benefitsiar)ning hisobraqamiga pul oʼtkazib beriladi;
Kredit ta'minoti
Kredit hisobiga sotib olinayotgan yengil avtomobil kredit taʼminoti sifatida qabul qilinadi.
Kredit taʼminotining qolgan qismi uchun mulkiy yoki nomulkiy taʼminot taqdim etilishi mumkin. Kredit
miqdorining 125% mulkiy taʼminot taqdim etilsa 4 yil muddatga boshlangʼich badalsiz kredit
ajratiladi;
"Universal" kredit – 5 mlrd so‘mgacha biznesingizning har qanday maqsadi uchun