Investitsion faoliyat bilan bog'liq uzoq muddatli moddiy aktivlar sotib olish uchun;
Kredit qoldig'ini sotib olish uchun (Yuqoridagi yo'nalishlar doirasida ajratilgan kreditlarga
tegishli);
Zarur hujjatlar
Ariza;
Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA);
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
Qarz oluvchi korxonaning (tegishli Davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim
etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti
(agar bank 1 va 2-sonli shakllarni Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olgan va
moliyaviy tahlil qilmagan bo‘lsa, ushbu hujjat talab etilmaydi);
Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot;
Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el
korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi. Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi
lozim:
Asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri;
Qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi;
Maxsus texnika sotib olinayotganda uning xususiyatlari;
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin;
Kredit muddati
60 oygacha;
Yillik foiz stavkasi
Bank o'z mablag'i va depozitlari xisobidan
Milliy valyutada: 27%;
Xorijiy valyutada: 15%;
Kredit liniyalari xisobidan:
Milliy valyutada: resurs xarajatlari +6%;
Xorijiy valyutada resurs xarajatlari +5%;
Kredit ajratish shakli
Maxsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko'rsatuvchi, benefitsiar)ning xisob raqamiga pul o'tkaizb
beriladi;
Kredit ta'minoti
Dastlabki mulkiy ta'minot kredit summasining kamida 65% miqdorida. Qolgan 60% kredit xisobiga
sotib olinayotgan asosiy vosita (Kredit xisobiga sotib olinayotgan asosiy vosita garovga qo'yilgunga
qadar nomulkiy ta'minot taqdim etilishi mumkin);