Batafsil ma'lumot

Mijoz segmenti

  • Tadbirkorlik subiektlari;

Mijoz hisob raqami

  • Asosiy;

Kredit miqdori

  • Har bir tender predmeti boshlang'ich narxining (QQS bilan) 2% miqdorida, ammo, 2,5 milliard so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda;

Kredit valyutasi

  • Milliy valyuta;

Kredit maqsadi

  • Qurilish-pudrat tashkilotlariga obiektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash bo'yicha elektron tender savdolari platformasi orqali elektron tender savdolarida ishtirok etish uchun "tender taklifini ta'minlash kafolati" maqsadi;

Zarur hujjatlar

  • Ariza;
  • Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar bundan mustasno);
  • Qarz oluvchi korxonaning (tegishli Davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno);
  • Boshqa banklardagi hisobraqam aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot;
  • Elektron tender savdolari platformasidan tender to‘g‘risida ko‘chirma (har bir transh uchun);
  • Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
  • Ta'minotga oid hujjatlar.

Kredit muddati

  • 12 oygacha;

Yillik foiz stavkasi

  • 29%;

Kredit ajratish shakli

  • Tender platformasi operatorining xisob raqamiga o'tkazib beriladi;

Kredit ta'minoti

  • Kredit yuklamasi va mijoz reytingiga qarab 125% nomulkiy ta'minot bilan ajratilishi mumkin;
Image
2,5 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bo‘yicha elektron tenderlarda ishtirok etish