TA’LIM KREDITI
Maqsad: O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim tashkilotlarida to’lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ajratiladi
Ta’lim krediti:
VM-527 qarori asosida ajratiladigan ta’lim krediti
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasi (bugungi kunda 13,5 foiz)
Xotin-qizlar uchun ta’lim krediti:
VM-457 qarori asosida ajratiladigan ta’lim krediti - 14 % (Talaba xotin-qizlarga ta’lim krediti bo‘yicha foizlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi)
Muddati:
Rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida
Miqdori:
Talaba va ta’lim tashkiloti o’rtasidagi to’lov-kontrakt asosida o’qish haqidagi shartnomada ko’rsatilgan bir yillik to’lov miqdorida ajratiladi
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat; taʼminotga doir hujjatlar, ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.